O‘zbekistonda 13-14 mart kunlari umumxalq hashari bo‘lib o‘tadi. Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga asosan, hasharlar "Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!" shiori ostida tashkil etiladi.
Hashar sanalari juma va shanbaga to‘g‘ri keladi. 2018-yildan beri hasharlar ixtiyoriy ravishda va faqat ish joyi hududida, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilgan holda o‘tkazilishi mumkin.
Source: www.gazeta.uz