Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish yakunlandi. Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, jami 8,3 million xonadon qamrab olindi.

Birinchi bosqich (15-31 yanvar)da 30 milliondan ortiq aholi onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Ikkinchi bosqich (4-28 fevral)da mahalla vakillari uyma-uy yurib qolganlarni ro‘yxatga oldi.

Ayrim fuqarolar ishtirok eta olmagan bo‘lishi mumkin. Ular 1851 qisqa raqamli koll-markaziga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.

Natijalarni tekshirish uchun tasodifiy tanlangan xonadonlarga qayta tashriflar amalga oshiriladi. Dastlabki natijalar 2026-yil 1-iyulga qadar e’lon qilinadi.

Fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari maxfiy saqlanadi va faqat umumlashtirilgan statistikada ishlatiladi.

Source: www.gazeta.uz