Dunyo bo‘ylab ish joyidagi stress har yili 840 ming kishining o‘limiga sabab bo‘lmoqda
Xalqaro Mehnat Tashkilotining (XMT) yangi hisobotiga ko‘ra, har yili dunyo bo‘ylab 840 mingdan ortiq odam ish joyidagi psixososyal xavflar tufayli hayotdan ko‘z yumadi. Asosiy omillar orasida ish vaqtining haddan tashqari uzunligi, xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik va muntazam psixologik bosim bor.











