Afg‘oniston va Pokiston chegara mojarosi bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Afg‘oniston va Pokiston hukumatlari chegara mojarosini hal qilish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Uchrashuv Xitoyning Urumchi shahrida bo‘lib o‘tmoqda va u uch tomonlama mexanizm doirasida tashkil etilgan. Afg‘oniston hukumati Xitoyga murojaat qilib, bu dialogni tashkil etishda yordam so‘ragan.











