Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi mamlakatda Ebolka virusi tarqalishi sababli AQShga kirishdan oldin 21 kunlik karantindan o‘tishi kerak. Oq uyning Jahon chempionati bo‘yicha ishchi guruhi direktori Endryu Giuliani juma kuni bu haqda ma’lum qildi.
Giuliani ESPN’ga bergan intervyusida: “Biz Kongoga juda aniq aytdik: ular 21 kun davomida o‘z ‘bubble’larini saqlab turishlari kerak, aks holda 11-iyun kuni Xyustonga kela olmaydilar. Bu borada hech qanday murosa yo‘q”, dedi.
KDR terma jamoasi “K” guruhida o‘ynaydi. Birinchi o‘yin 17-iyun kuni Portugaliyaga qarshi Xyustonda, keyin 23-iyun kuni Kolumbiya bilan Gvadalaxarada (Meksika) va 27-iyun kuni O‘zbekiston bilan Atlantada bo‘lib o‘tadi.
Jamoa a’zolarining barchasi, shu jumladan fransuz bosh murabbiyi Sebastyan Dezabr va Angliya Premyer-ligasida o‘ynaydigan futbolchilar (Aaron Van-Bissaka, Yoan Vissa) hozirda Yevropada. Ular Belgiyada mashg‘ulot o‘tkazmoqda.
Giuliani AQSh sog‘liqni saqlash xavfsizligi bo‘yicha hech qanday tavakkal qilmasligini ta’kidladi. “Biz hech narsa chegaralarimizga yaqinlashmasligiga ishonch hosil qilmoqchimiz”, dedi u.
Shu oy boshida KDRda Ebolkaning Bundibugyo deb nomlangan noyob turi tarqalgani tasdiqlandi. 600 ga yaqin gumon qilingan holatlardan 130 dan ortiq kishi vafot etdi. Shu sababli jamoa Kinshasadagi yig‘inini bekor qilib, Belgiyaga ko‘chib o‘tdi.
Source: www.aljazeera.com