Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi "bevosita tahdid"ni bartaraf etish va Tehronning yadro quroliga ega bo‘lishining oldini olish maqsadida Isroil bilan birgalikda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli harbiy operatsiyani rasman tasdiqladi.

Tramp favqulodda murojaatida eron harbiy kuchlaridan darhol qurol tashlashni talab qilib, "muqarrar o‘lim" bilan tahdid qildi va eron xalqi uchun "rejimni ag‘darishning yagona imkoniyati" paydo bo‘lganini aytdi.

Havo va dengizdan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli zarbalar Tehron va boshqa hududlardagi muhim ob’yektlarga, jumladan Mudofaa vazirligi, Razvedka vazirligi, Ali Xameneyi qarorgohi va Atom energiyasi tashkiloti binolariga qaratilgan.

Operatsiya Eronning raketa sanoati va harbiy-dengiz kuchlarini to‘liq yo‘q qilishga qaratilgan bo‘lib, Isroildagi yuqori martabali manbalar operatsiya to‘rt kun davom etishini aytmoqda. Tehron va yadro markazlaridan biri joylashgan Isfahonda ko‘plab portlashlar qayd etilib, poytaxtda deyarli to‘liq mobil aloqa va internet uzilgan.

Isroil mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, operatsiya bir necha oy davomida rejalashtirilgan, birgalikdagi harakatning aniq sanasi esa bir necha hafta oldin belgilangan.

AQShning "Tomagavk" raketalari Iroq hududi orqali parvoz qilgani haqidagi xabarlar fonida Eron va Isroil havo fazosi butunlay yopildi.

Flightradar ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkentdan Dubayga uchishi kerak bo‘lgan Qanot Sharq aviakompaniyasining reysi Eron havo fazosi yopilgani sababli qaytib kelishga majbur bo‘ldi.

Isroil ustida havo hujumi signali berilgan, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra Eron raketalar otgan.

Eronning oliy rahbariyati, jumladan oliy rahbar Ali Xameneyi va prezident Masud Pezeshkiyan birinchi hujumlar boshlangandan so‘ng darhol xavfsiz joylarga va maxfiy kvartiralarga evakuatsiya qilindi.

Rasmiy Tehron yaqin vaqt ichida "hal qiluvchi" javob zarbasi berishni va’da qildi.

Source: podrobno.uz