Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Qo‘shma Shtatlarda bir paytlar deyarli butunlay yo‘q qilingan deb da’vo qilingan xavfli kasalliklar yana avj olib, sog‘liqni saqlash tizimidagi chuqur muammolarni fosh etmoqda. Nyu-York shtati gubernatori Keti Xokul qizamiq epidemiyasining keskin tarqalishi munosabati bilan tabiiy ofat favqulodda holatini e’lon qildi. Ushbu qaror doirasida tibbiyot xodimlariga MMR (qizamiq, parotit va qizilcha) vaksinalarini qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlar berilgani aytilmoqda.

Gubernator ma’muriyatining ma’lum qilishicha, shtatda joriy yil boshidan beri 108 ta qizamiq holati qayd etilgan bo‘lib, ularning 92 tasi 15-iyuldan so‘ng emlash ko‘rsatkichlari nihoyatda past bo‘lgan qishloq tumanlarida aniqlangan. Nyu-York shahri hisobiga atigi yetti holat to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, qolgan 101 tasi shtatning chekka hududlariga to‘g‘ri keladi. Qabul qilingan favqulodda chora-tadbirlar kamida 4-noyabrgacha kuchda qolishi kutilmoqda.

Biroq epidemiya ko‘lami faqat Nyu-York bilan cheklanib qolmayapti. Qo‘shni Pensilvaniya shtatida kasallanganlar soni 1000 nafardan oshib, AQSHda so‘nggi o‘ttiz yildagi eng yirik qizamiq chaqnashi yuzaga kelgani tan olindi. Shuningdek, Texas, Yuta, Ogayo va Janubiy Karolinada ham kasallik o‘choqlari qayd etilmoqda. Tahlilchilar emlash darajasining kritik 95 foizdan pastga tushib ketganini ta’kidlamoqda, bu esa vaksina bilan oldini olish mumkin bo‘lgan infeksiyalar ustidan nazorat butunlay qo‘ldan chiqayotganidan darak beradi.

Ko‘plab kuzatuvchilar AQSH rejimining ichki siyosatidagi ziddiyatlarni epidemiyaning asosiy sababi sifatida ko‘rsatmoqda. Mamlakatda vaksinalarga qarshi kayfiyatning keng tarqalishi va bu harakatning AQSH rejimining eng yuqori doiralarida, jumladan, Sog‘liqni saqlash vaziri Robert F. Kennedi kabi rasmiylar tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda. Noyabr oyida Butunamerika sog‘liqni saqlash tashkiloti yig‘ilish o‘tkazib, AQSHni qizamiqdan xoli hududlar maqomidan mahrum qilish masalasini ko‘rib chiqishi kutilmoqda.

Source: www.aljazeera.com