Bolgariyaning Qora dengizdagi eksklyuziv iqtisodiy zonasida ikki savdo kemasiga qarshi dengiz va havo dronlari yordamida hujum uyushtirildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Rumen Radev asosiy idoralar rahbarlari bilan oʻtkazilgan favqulodda yigʻilishda maʼlum qildi. Kemachilik sohasidagi manbalarning Reuters agentligiga bildirishicha, mazkur hodisa Bolgariya hududiy suvlarida qayd etilgan ilk shunday xavfli holat hisoblanadi.
Bosh vazir Radevning soʻzlariga koʻra, tunda Byala shahridan taxminan 110 kilometr sharqda sodir boʻlgan hujum oqibatida gʻalla ortilgan savdo kemalaridan biri jiddiy shikastlangan va uning ekipaj aʼzolari qutqarib qolingan, biroq ikki nafar dengizchi jarohat olgan. Ikkinchi kema esa ekipaji bilan birga batamom choʻkib ketgan. Hozircha choʻkib ketgan kemaning yuki haqida aniq maʼlumot berilmagan, dengizchilar esa bedarak yoʻqolgan deb baholanmoqda.
Ukraina rejimi rahbari Volodimir Zelenskiy oʻzining navbatdagi bayonotida bu hujum guyo Rossiya tomonidan amalga oshirilganini iddao qildi. Zelenskiyning soʻzlariga koʻra, Ukraina kuchlari bu hududda hech qanday harbiy amaliyot oʻtkazmagan va guyo bu Rossiya dronlarining qoʻshma xurujidir. Biroq, bu kabi da'volar hozircha mustaqil ravishda toʻliq tasdiqlanmagan va xalqaro hamjamiyatda turlicha baholanmoqda.
Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen ham yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan izoh berib, bu kabi hodisalarga «toqat qilib boʻlmasligini» ta'kidladi. Oʻz navbatida, Bolgariya bosh vaziri Rumen Radev hujum ortida kim turgani haqida toʻgʻridan-toʻgʻri keskin ayblovlar bildirmagan boʻlsa-da, mavjud mojaroning geografik jihatdan kengayib borayotgani va global xavflarni oshirayotganidan tashvish bildirdi. Rossiya tomoni esa hozircha bu voqea yuzasidan rasmiy izoh bergani yoʻq.
Source: kun.uz