Nyu-York va Mayamidagi hashamatli ko‘chmas mulk brokerlari og‘ir jinoyatlar uchun aybdor deb topildi
Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan jinoiy sud jarayonida hashamatli ko‘chmas mulk brokerlari bo‘lgan Tal Aleksandr (39 yosh) va Oren Aleksandr (38 yosh) o‘nlab ayollarni giyohvand moddalar bilan zaharlab, zo‘rlash va jinsiy ekspluatatsiya qilishda aybdor deb topildi. Ularning ukasi Alon Aleksandr (38 yosh) ham aybdorlar qatoriga kiritildi. Sudya ularni barcha 10 ta ayblov punkti bo‘yicha, shu jumladan jinsiy savdo va voyaga yetmagan shaxsni jinsiy ekspluatatsiya qilishda aybdor deb topdi.











