Prezident Shavkat Mirziyoyevga shaharsozlik va uy-joy qurilishini rivojlantirish masalalari bo‘yicha taqdimotda 1991 yilgacha qurilgan 17 ming turar-joy binosini yangilash va ularning o‘rniga zamonaviy, energiya tejamkor ko‘p qavatli uylarni to‘liq infratuzilma bilan barpo etish imkoniyati ma’lum qilindi.
Hozirgacha shaharsozlikni yangilash jarayonlarini tartibga soluvchi yagona qonun mavjud emas edi. Shu munosabat bilan yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi, unda yangilash zonalari, aholining roziligini olish tartibi, kompensatsiya va ko‘chirish jarayonlari, investorlarning majburiyatlari va davlat organlarining vakolatlari aniq belgilangan.
Yangilash dasturlarining maqsadi – eskirgan uy-joy fondini yangilash, xavfsiz va qulay yashash sharoitlarini yaratish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, shuningdek, yashil hududlar va ijtimoiy infratuzilmani kengaytirishdan iborat.
Source: kun.uz