Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

SGB ma'lumotlariga ko‘ra, Romitan tumanidagi Xalq banki sektori mudiri, boshqa bankdagi tanishlari orqali 800 million so‘m kredit olishda yordam berish va‘dasini berib, 2 ming dollar talab qilgan. U 1 ming dollar qismini vositachi orqali olayotganda qo‘lga olingan. SGB bu haqda jinoiy ish qo‘zg‘atilganini va tergov ishlari olib borilayotganini bildirdi.

Xalq banki matbuot xizmati esa bu xabarni "haqiqatga mos emas" deb rad etdi va "rasmiy xulosalar chiqmaguncha tasdiqlanmagan ma'lumot tarqatmaslik"ni so‘radi. Bankning aytishicha, xodim voqea sodir bo‘lgan vaqtda Toshkent shahrida mehnat ta'tilida bo‘lgan. Biroq, bankning Telegram kanalidagi bayonoti keyinroq o‘chirilgan.

Source: kun.uz