Markaziy bank ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekistonda dollarning rasmiy kursi fevral oyida 0,7 foizga (88,59 so'mga) pasaydi — 12 225,16 so'mdan 12 136,57 so'mgacha. Yanvar oyida so'm 1,6 foizga qadrsizlangan edi.
Iqtisodchi Mirkomil Xolboyevning ta'kidlashicha, fevral oyida kurs nisbiy barqarorlikni namoyish etdi: 10 ta savdo sessiyasida so'm mustahkamlangan, 10 tasida esa qadrsizlangan. O'rtacha kunlik volatillik 0,21% ni tashkil etdi, bu so'm-dollar juftligi uchun 2024-yil may oyidan beri eng past ko'rsatkichdir.
Asosiy savdo hamkorlari valyutalari orasida Xitoy yuani 1,6 foizga mustahkamlandi, Rossiya rubli va qozoq tengesi esa 0,1 foizga qadrsizlandi. Jahon valyutalarida Britaniya funti 1,2 foizga, yapon iyenasi 0,6 foizga, yevro 0,2 foizga pasaydi.
Source: www.gazeta.uz