Joriy yilning 7–8-noyabr kunlari qadimiy Samarqand shahri yirik xalqaro sport tadbiri — «Samarkand Marathon» xalqaro xayriya marafoniga mezbonlik qilishi kutilmoqda. Mazkur musobaqa 2026-yilgi mavsumning yakuniy bosqichi bo'lishi haqida O'zbekiston Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tashkilotchilarning ta'kidlashicha, joriy yilda mazkur tadbirlarga qiziqish sezilarli darajada oshgan bo'lib, hozirgi kunga kelib dunyoning 63 ta davlatidan 1 583 nafar xorijiy ishtirokchi ro'yxatdan o'tgan va jarayon davom etmoqda. Musobaqaning asosiy starti tarixiy Registan maydonida berilib, marafon yo'nalishi shahar markazidagi qadimiy me'moriy yodgorliklar bo'ylab o'tishi rejalashtirilgan.
Tashkilotchilarning so'zlariga ko'ra, musobaqadan tushadigan barcha mablag'lar hududlarda bolalar sport maydonchalarini qurishga yo'naltiriladi. Shuningdek, tadbir doirasida atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan «Avvalgidan tozaroq» nomli ekologik dastur ham amalga oshirilishi, jumladan, chiqindilarni saralash va plogginj tadbirlari o'tkazilishi kutilmoqda.
Source: uznews.uz