O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi Afg‘oniston masalasida hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yevropa Ittifoqining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus elchisi Jil Bertran bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.











