AQSh O‘zbekistonga 72 nafar fuqaroni deportatsiya qildi
11-mart, chorshanba kuni AQSh O‘zbekistonga deportatsiya reysini amalga oshirib, mamlakatda qolish uchun qonuniy ruxsatga ega bo‘lmagan 72 nafar O‘zbekiston fuqarosini qaytarib yubordi. Bu haqda AQSh elchixonasi rasmiy xabar berdi, bu esa Qo‘shma Shtatlarning chegaralar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarining bir qismi sifatida ko‘rilmoqda.











