Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Davlat xavfsizlik kengashi majlisida qabul qilingan qaror bilan Milliy xavfsizlik vaziri Nazar Atagarayevni lavozimidan ozod qildi.
Dovletgeldi Meredov / Foto: Altyn Asyr
Xabarlarga koʻra, Atagarayev boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan.
Turkmanistonning yangi Milliy xavfsizlik vaziri sifatida ilgari mamlakat prezidenti xavfsizlik xizmati rahbari boʻlgan mayor Dovletgeldi Meredov tayinlandi.
Turkmaniston Milliy xavfsizlik vazirligi davlat xavfsizligi va razvedka sohasidagi asosiy organ hisoblanadi. Uning vazifalariga davlat xavfsizligini himoya qilish, terrorizmga qarshi kurash va strategik sohalarni nazorat qilish kiradi. Bu tuzilma mamlakatning siyosiy tizimi va kuchli blokida muhim rol oʻynaydi.
10-fevral kuni Qirgʻiziston Prezidenti Sadyr Japarov Davlat milliy xavfsizlik qoʻmitasi raisi Kamchibek Tashiyevning vakolatlarini muddatidan oldin toʻxtatish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.
Shuningdek, uning oʻrinbosarlari — Daniyel Risaliyev, Qurʼonbek Avazov, Elizar Smanov, shuningdek, Xavfsizlik kengashi kotibi Rustam Mamasodikov ham lavozimidan ozod etildi.
Bundan tashqari, Qirgʻiziston parlamenti spikeri va bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari isteʼfoga chiqdi.
Source: kun.uz