AQSh hukumatining Yaqin Sharqda yadro qurolining tarqalishining oldini olishni tashqi siyosatining asosiy ustuvorliklaridan biri sifatida ko'rayotgani haqida vitse-prezident Jey Di Vens Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Foto: AP / Jose Luis Magana
Uning so'zlariga ko'ra, Eronda yadro qurolining paydo bo'lishi mintaqada nazoratsiz qurollanish poygasini qo'zg'atishi mumkin. Vens Vashington Tehronga nisbatan "aniq qizil chiziqlar"ni belgilaganini ta'kidladi.
"Agar Eron yadro quroliga ega bo'lsa, ularning ortidan yadro qurolini olishni istaydigan boshqa ko'plab rejimlar paydo bo'ladi — ba'zilari do'stona, ba'zilari unchalik emas. Bu amerikalik xalq uchun falokat bo'lar edi", dedi u.
Ilgari The Wall Street Journal gazetasi Tehron uranni boyitishni to'xtatish va bir qism zaxiralarni chet elga olib chiqishni taklif qilgani, AQSh bilan muzokaralarni rivojlantirish va mumkin bo'lgan amerikalik zarba xavfini kamaytirishga umid qilgani haqida xabar bergan edi. Shu bilan birga, nashr ma'lumotlariga ko'ra, tashabbuslar AQSh prezidenti Donald Tramp talab qilganidek yadro dasturidan to'liq voz kechishni nazarda tutmaydi.
Xuddi shu kuni Yaqin Sharqdagi amerikalik harbiy mavjudlikning kuchayishi haqida ma'lum bo'ldi. OAV xabarlariga ko'ra, Vashington mintaqaga ikkinchi havo hujum guruhini yubordi, shuningdek, 50 dan ortiq F-35, F-22 va F-16 qiruvchi samolyotlarini joylashtirdi.
Source: kun.uz