Isroil hukumati va harbiy rahbariyati AQShning Eronga mumkin bo‘lgan harbiy zarbasi fonida bir qator yig‘ilishlar o‘tkazdi. Buni The Times of Israel nashri o‘z manbalariga tayanib xabar qildi.
Foto: AP
Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, tayyorgarlik AQSh va Eron o‘rtasidagi yadro dasturi bo‘yicha muzokaralardan so‘ng faollashdi, bu muzokaralarni amerikalik amaldorlar istiqbolli emas deb baholaydi.
AQShning yuqori martabali vakillaridan biri 17-fevraldagi uchrashuvni "ma’nosiz" deb atadi, boshqasi esa Tehron oy oxirigacha kelishuvga rozi bo‘lishi va muhim imtiyozlar paketini olishi uchun vaqt borligini aytdi.
Amerikalik manbalar shuningdek, AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi keng ko‘lamli harbiy operatsiya qarorini qabul qilish arafasida ekanligini da’vo qilmoqda.
Bu sharoitda isroillik hokimiyat organlari barcha darajalarda maslahatlashuvlar o‘tkazdi. Rasmiy shaxslarning baholashiga ko‘ra, AQShning harbiy operatsiya o‘tkazish ehtimoli yuqori bo‘lib qolmoqda, ammo mumkin bo‘lgan zarba birgalikdami yoki faqat amerikalik kuchlar tomonidan amalga oshirilishimi hali ma’lum emas.
"Jadvallar qisqarmoqda va bu harbiy tayyorgarlikka taalluqli. Oxir-oqibat, qarorni bitta odam qabul qiladi", – deb aytdi nomi oshkor etilmagan yuqori martabali isroillik amaldor, AQSh prezidentiga ishora qilib.
Source: kun.uz