Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yol 2024-yil dekabrda sodir bo'lgan isyon ishi bo'yicha umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.

Qarorni Seulning Markaziy tuman sudi chiqardi. Dastlab prokuratura sobiq davlat rahbariga eng og'ir jazo - o'lim jazosini talab qilgan edi, biroq mamlakatda 1997-yildan beri uning ijrosiga moratoriy joriy etilgan.

Tergov ma'lumotlariga ko'ra, 2024-yil 3-dekabrda Yun Sok Yol harbiy holat e'lon qilib, bu qadamni KXDR tarafdorlariga qarshi kurash zarurati bilan izohladi. Favqulodda choralar joriy etilgandan so'ng u prezident lavozimidan chetlashtirildi.

Source: kun.uz