Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yol 2024-yil dekabr oyida sodir bo‘lgan isyon ishi bo‘yicha umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar berdi.
Qarorni Seuldagi Markaziy tuman sudi chiqardi. Dastlab prokuratura sobiq davlat rahbariga eng og‘ir jazo – o‘lim jazosini talab qilgan edi, biroq mamlakatda 1997-yildan beri o‘lim jazosini ijro etishga moratoriy joriy etilgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil 3-dekabrda Yun Sok Yol Shimoliy Koreya tarafdorlariga qarshi kurash zarurligini sabab qilib ko‘rsatib, harbiy holat e’lon qilgan. Favqulodda choralar joriy etilganidan ko‘p o‘tmay, u prezidentlik lavozimidan chetlashtirilgan.
Source: kun.uz