Ukraina Qurolli Kuchlarining sobiq bosh qo'mondoni, hozirgi Buyuk Britaniyadagi elchisi Valeriy Zalujniy birinchi marta ommaviy ravishda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan jiddiy kelishmovchiliklar borligi haqida gapirdi. U bu haqda Associated Press agentligiga bergan intervyusida aytdi.

Foto: AP

Zalujniyning so'zlariga ko'ra, u va davlat rahbari o'rtasidagi keskinlik Rossiyaning 2022-yil fevral oyida boshlagan to'liq miqyosdagi bosqinidan ko'p o'tmay paydo bo'lgan va mamlakat mudofaasi yondashuvlari bilan bog'liq edi.

Sobiq bosh qo'mondon, bu kelishmovchilik 2022-yil oxirida keskinlashganini, chunki Ukraina Xavfsizlik Xizmati (SBU) xodimlari uning ish kabinetida tintuv o'tkazishga urinishgan. Zalujniy buni bosim harakati deb atadi va o'sha paytda prezident idorasi rahbariyatiga Kiyev markazidagi qo'mondonlik punktini himoya qilish uchun harbiylarni jalb qilishga tayyorligi haqida ogohlantirganini aytdi.

Kelishmovchiliklar 2023-yilgi ukrain qarshi hujumi tayyorgarligi davomida davom etdi. Generalning so'zlariga ko'ra, uning Zaporojye viloyatida kuchlarni to'plash va Azov dengiziga chiqish rejasi rad etilgan. U resurslarni konsentratsiya qilmaslik va keng front bo'ylab qo'shinlarni taqsimlash zarba salohiyatini zaiflashtirgan va operatsiyaning muvaffaqiyatsizligiga olib kelgan deb hisoblaydi.

2024-yil fevral oyida Zelenskiy Zalujniyni bosh qo'mondon lavozimidan iste'foga chiqarib, uni Londondagi elchi etib tayinladi. Bir qator tahlilchilar bu qarorni mumkin bo'lgan siyosiy raqibni yo'q qilishga urinish deb baholagan edi.

Source: kun.uz