Isroil hukumati va harbiy rahbariyati AQShning Eronga mumkin bo‘lgan harbiy zarbasi fonida bir qator yig‘ilishlar o‘tkazdi. Buni The Times of Israel gazetasi manbalarga tayanib xabar qildi.

Foto: AP

Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, tayyorgarlik AQSh va Eron o‘rtasidagi yadro dasturi bo‘yicha muzokaralardan keyin faollashdi, buni amerikalik amaldorlar istiqbolli emas deb baholaydi.

AQShning yuqori martabali vakillaridan biri 17-fevraldagi uchrashuvni "ma’nosiz" deb atadi, ikkinchisi esa Tehron oy oxirigacha kelishuvga rozi bo‘lishi va keng qamrovli imtiyozlar paketini olishi uchun vaqt borligini aytdi.

Amerikalik manbalar, shuningdek, AQSh prezidenti Donald Trampning Eron qarshi keng ko‘lamli harbiy operatsiya qarorini qabul qilish yaqinlashgani haqida da’vo qilmoqda.

Bu fonida isroillik hokimiyat organlari barcha darajalarda maslahatlashuvlar o‘tkazdi. Rasmiy shaxslarning baholashlariga ko‘ra, AQShning harbiy operatsiya ehtimoli yuqori bo‘lib qolmoqda, ammo hozircha mumkin bo‘lgan zarba birgalikdami yoki faqat amerikalik kuchlar tomonidan amalga oshirilishimi noma’lum.

"Jadvallar qisqarmoqda va bu harbiy tayyorgarlikka taalluqli. Oxir-oqibat, qarorni bitta odam qabul qiladi", — deb aytdi nomi oshkor etilmagan yuqori martabali isroillik amaldor, AQSh prezidentiga ishora qilib.

Source: kun.uz