Davlat aloqa operatori MobiUz kiberhujumni tasdiqladi, lekin abonentlarning shaxsiy va moliyaviy ma'lumotlari xavfsizligini ta'minlaganini bildirdi.

Foto: MobiUz

Kompaniya ma'lumotlariga ko'ra, hakerlar sinov serveriga kirish huquqini olishga muvaffaq bo'lishgan, ammo asosiy serverlarga, unda abonentlarning shaxsiy va moliyaviy ma'lumotlari saqlanadi, ular yetib bormagan.

«Joriy yilning fevral oyida xavfsizlik tizimlarini monitoring qilish jarayonida kompaniyaning asosiy tizimlariga ulanmagan sinov serverlaridan biriga ruxsatsiz ulanish aniqlangan. Server qo'shimcha izolyatsiya qilingan, bu esa hodisa oqibatlarini cheklashga imkon bergan.

Abonentlarning ma'lumotlari, shu jumladan ularning shaxsiy va moliyaviy ma'lumotlari, to'liq himoyalangan zonada joylashgan. Ushbu ma'lumotlarga kirish izlari aniqlanmagan. Xizmatlar ishi buzilmagan, mijozlarning shaxsiy ma'lumotlari xavf ostida qolmagan», — deyilgan kompaniya bayonotida.

MobiUz shuningdek, vakolatli organlar bilan birgalikda hodisani batafsil tergov qilayotganini va axborot tizimlarini himoya qilishni kuchaytirish bo'yicha qo'shimcha choralarni ko'rayotganini ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning fevral oyida elektron hukumat tizimlari ham kiberhujumga uchragan. Raqamlashtirish vaziri Sherzod Shermatov uchta idora axborot tizimlarining ishida buzilish haqida xabar berib, internetda e'lon qilinganidek, 15 million foydalanuvchi ma'lumotlari emas, balki O'zbekiston fuqarolariga tegishli bo'lgan taxminan 60 ming yozuv o'g'irlanganini ta'kidlagan.

Source: kun.uz