Tailandning Phuket orolida avtohalokat: bir o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, to‘rt nafar yaralandi
Tailandning Phuket orolida turistik mikroavtobus bilan sodir bo‘lgan halokat natijasida bir o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘ldi, yana to‘rt nafar o‘zbekistonlik jarohat oldi. Halokatda sakkiz nafar rossiyalik ham jabrlangan, ulardan ikkitasi og‘ir holatda. Tailand qonunchiligiga ko‘ra, haydovchiga 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.











