Yaponiya Toshkentning yangi aeroportini metro va temiryo‘l orqali bog‘lash loyihasida ishtirok etishi mumkin
O‘zbekiston va Yaponiya transport vazirliklari o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuvda, Yaponiyaning Toshkentni yangi xalqaro aeroport bilan metro va temiryo‘l orqali bog‘lash loyihasida qatnashishi mumkinligi muhokama qilindi. Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, muzokaralar davomida transport infratuzilmasini rivojlantirish va ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.











