BlackRock rahbari: Neft narxi $150 ga yetsa, global retsessiya boshlanishi mumkin
AQShning eng yirik moliyaviy giganti BlackRock kompaniyasining rahbari Larri Fink BBCga bergan intervyusida, agar neft narxi $150 barreli darajasiga yetadigan bo‘lsa, bu global retsessiyani boshlashi mumkinligini aytdi. Finkning ta’kidlashicha, Eron xalqaro hamjamiyat uchun tahdid bo‘lib qolsa va yuqori neft narxlari saqlansa, bu butun dunyo iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.











