Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasining (O‘zMIJ) London fond birjasidagi birinchi xalqaro listingini mamlakat iqtisodiyotining transformatsiyasini aks ettiruvchi “chuqur ramziy ma’noga ega” voqea deb atadi.
“Shunday lahzalar bo‘ladiki, mamlakatlar o‘z yo‘nalishini sezdirmay o‘zgartiradi, shunday lahzalar bo‘ladiki, dunyo buni payqay boshlaydi. Bugun O‘zbekiston uchun ana shunday lahzalardan biri”, — dedi u 18-may kuni Londonda bo‘lib o‘tgan marosimda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tadbirning ahamiyati “marosimning o‘zida emas”, balki u “iqtisodiyotimizning fikrlash, ishlash va dunyo bilan hamkorlik qilish tarzidagi chuqurroq transformatsiyani” aks ettirishidadir.
“To‘qqiz yil avval O‘zbekiston hamon katta darajada yopiq mamlakat edi. Bugun biz raqobatbardosh, sarmoyaga yo‘naltirilgan va jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashgan iqtisodiyotni barpo etyapmiz”, — deya qayd etdi Saida Mirziyoyeva.
U O‘zMIJ aksiyalarining birlamchi ommaviy taklifi (IPO) “nafaqat kapital jalb qilish, balki O‘zbekiston institutlarining yangi avlodiga nisbatan ishonchni shakllantirish” ekanini ta’kidladi.
“Ushbu jamg‘arma iqtisodiyotimizning eng muhim kompaniyalarini — energetika, transport, moliya va sanoat sohalaridagi korxonalarni o‘zida birlashtiradi. Va u bugungi O‘zbekiston qanday ekanini aks ettiradi: o‘z maqsadlari yo‘lida dadil, islohotlarga jiddiy yondashadigan va dunyodagi o‘rniga tobora ko‘proq ishonch bildiradigan mamlakat”, — dedi Prezident administratsiyasi rahbari.
Shuningdek, Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston yangi listinglar tayyorlayotgani, xususiy sektor ishtirokini kengaytirayotgani va Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etayotganini ma’lum qildi.
“Biz uchun nafaqat o‘sish, balki uning sifati ham muhim”, — deya qo‘shimcha qildi Saida Mirziyoyeva.
U Franklin Templeton kompaniyasi, investorlar, London fond birjasi va britaniyalik hamkorlarga ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorlik bildirdi.
“Bugun O‘zbekiston Londonga kashf etilishini istaydigan chegara bozori sifatida emas, balki o‘z iqtisodiy kelajagini ongli ravishda o‘zgartirayotgan mamlakat sifatida kelmoqda. Va biz hozir bu yo‘lning boshidagina turibmiz”, — deya so‘zini yakunladi Prezident administratsiyasi rahbari.
Franklin Templeton prezidenti va bosh ijrochi direktori Jenni Jonson Milliy investitsiya jamg‘armasining IPO’sini O‘zbekiston va kompaniya uchun ishonchli boshqaruvchi va fond boshqaruvchisi sifatida “aniqlovchi va tarixiy bosqich” deb atadi.
“Biz O‘zbekistonning birinchi xalqaro aksiyalarini joylashtirishni muvaffaqiyatli o‘tkazib, mamlakatni global investorlar diqqat markaziga olib chiqqanimizdan g‘oyat faxrlanamiz”, — dedi u.
Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, Prezident administratsiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Istiqbolli loyihalar milliy agentligi ko‘magisiz “ayniqsa, bunday qisqa muddatda” joylashtirish muvaffaqiyati mumkin bo‘lmagan bo‘lardi.
U IPO uchun global talab 2,8 milliard dollardan oshganini va arizalar kitobi to‘rt martadan ortiq qayta imzolanganini ma’lum qildi.
Franklin Templeton rahbari, shuningdek, bu “islohotlar sur’ati keyingi yillarda ham saqlanib qolishiga bo‘lgan kuchli ishonchni” aks ettirishini ta’kidladi.
Jenni Jonson Franklin Templeton O‘zbekiston hukumati bilan davlat korxonalarida korporativ boshqaruvni rivojlantirish, biznesni mustahkamlash va mahalliy kapital bozorini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish niyatida ekanligini ta’kidladi.
“Garchi biz bugun bu voqeani Londonda nishonlayotgan bo‘lsak-da, O‘zMIJ Toshkent fond birjasida ham savdolarni boshladi. Bu hozirgi kungacha eng yirik mahalliy listing bo‘lib, O‘zbekiston fuqarolariga o‘z mamlakatlari kelajagiga bevosita sarmoya kiritish imkonini berdi”, — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, IPO doirasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi yagona aksiyador sifatida O‘zMIJning umumiy qiymati 1,56 trln dona aksiyalarini oddiy aksiyalar va global depozitar tilxatlar (GDR) shaklida taklif qildi. Bu qo‘shimcha joylashtirish opsiyasi doirasida chiqarilishi mumkin bo‘lgan GDR’larni hisobga olmaganda, jamg‘armaning aksiyadorlik kapitalining 31 foizini tashkil etdi. Bir dona GDR 64 700 ta aksiyaga teng.
Jalb qilingan mablag‘larning umumiy summasi, qo‘shimcha joylashtirish opsiyasi doirasida chiqarilishi mumkin bo‘lgan GDR’larni hisobga olmaganda, qariyb 603,6 mln dollarni tashkil etdi. Ularni hisobga olganda, bu summa 692 mln dollargacha, sotilgan aksiyalar ulushi esa 35 foizgacha oshishi mumkin.
Ushbu IPO O‘zbekiston tarixidagi eng yirigi bo‘ldi. Taqqoslash uchun: UzAuto Motors avtomobil ishlab chiqaruvchisining 2022-yildagi IPO’si doirasida umumiy qiymati 56,9 mlrd so‘mlik 1383 ta ariza to‘plangan bo‘lib, bu taklif etilgan aksiyalar umumiy hajmining 29,1 foizini tashkil etadi. “O‘zbektelekom” esa IPO orqali 33,25 mlrd so‘m jalb qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 31-dekabr holatiga ko‘ra, jamg‘arma aktivlarining sof qiymati 2,44 mlrd dollarni tashkil etgan (keyinchalik, IPO yakunlariga ko‘ra, kapitallashuv 1,95 mlrd dollarga teng bo‘lgan). O‘zMIJ portfeliga 13 ta davlat kompaniyasi, jumladan, Uzbekistan Airways, “O‘zbektelekom”, “O‘zbekgidroenergo”, “O‘zsanoatqurilishbank”, “O‘zbekinvest” va boshqalarning minoritar aksiyalari paketlari kiradi.
2023-yil 31-dekabr holatiga ko‘ra, jamg‘arma aktivlarining sof qiymati 2,44 mlrd dollarni tashkil etgan. O‘zMIJ portfeliga 13 ta davlat kompaniyasi, jumladan, Uzbekistan Airways, “O‘zbektelekom”, “O‘zbekgidroenergo”, “O‘zsanoatqurilishbank”, “O‘zbekinvest” va boshqalarning minoritar aksiyalari paketlari kiradi.
O‘zMIJ nafaqat ulush egasi, balki davlat sektorini bozorga tayyorlash mexanizmi sifatida ham namoyon bo‘ladi. Hukumat rejalariga ko‘ra, 2028-yil oxirigacha fond portfeliga kiruvchi quyidagi oltita kompaniyaning individual IPO’larini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Source: www.gazeta.uz