Surxondaryodagi Termiz xalqaro savdo markazi hududi kengaytiriladi. Prezident 27-fevral kuni bu haqda ma’lum qildi.
O‘tgan yili markazga 800 mingdan ortiq afg‘on fuqarosi tashrif buyurgan, eksport 320 million dollar bo‘lgan.
Markaz hududi 1 ming gektarga yetkaziladi. Bu hisobdan eksport hajmini joriy yil 600 million, kelasi yil 1 milliard dollarga yetkazish, qo‘shimcha 10 ming ish o‘rni yaratish maqsad qilingan.
Markazda maxsus prokuratura va ichki ishlar bo‘limi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Endilikda markazdagi tovar savdosi va xizmatlar eksport sifatida baholanadi, ularga QQS nol stavkada qo‘llanadi.
Markaz 2024-yil avgust oyi oxirida Afg‘oniston bilan chegarada ochilgan. Erkin savdo zonasida AQSh dollari, yevro, rubl va yuanni qabul qilishga ruxsat beriladi. Afg‘oniston fuqarolari vizasiz 15 kungacha tashrif buyurishlari mumkin.
Source: www.gazeta.uz