Joriy yilning 16 oktyabridan eʼtiboran Uzbekistan Airways aviakompaniyasining mamlakat ichidagi qatnovlari uchun aviachiptalar narxi oʻrtacha 20 foizga arzonlashishi kutilmoqda. Ushbu oʻzgarishlar fuqarolar uchun transport xarajatlarini qisqartirish va huduzlararo qatnovlarni yanada qulaylashtirishga qaratilgan.
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining maʼlumotiga koʻra, tariflarni qayta koʻrib chiqish ishlari mamlakat rahbariyati bergan topshiriqqa asosan amalga oshirilgan. Qoʻmita milliy aviatashuvchi bilan hamkorlikda mavjud xarajatlarni tahlil qilib, narxlarni pasaytirish boʻyicha aniq takliflarni ishlab chiqqan.
Mutasaddilarning fikricha, aviachiptalar narxining tushirilishi respublika boʻylab ichki turizmning faol rivojlanishiga hamda aholining hududlararo harakatlanish imkoniyatlari kengayishiga xizmat qiladi. Shuningdek, idora vakillari aholining kundalik xarajatlariga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa bozorlarni ham oʻrganishda davom etishini bildirdi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq milliy aviatashuvchi oʻzining oʻquv-mashgʻulot markazida Boeing 787-9 rusumli yangi toʻla funksional aviatsiyaning simulyatorini ishga tushirgani haqida xabar bergan edi. Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan ushbu qurilma uchuvchilar tayyorgarligi sifatini yanada oshirishi kutilmoqda.
Source: podrobno.uz