Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonda poytaxtning bosh rejasiga muvofiq amalga oshirilayotgan Yangi Toshkent loyihasi doirasida xorijiy sarmoyadorlar uchun dastlabki 50 ta yer uchastkasi tanlab olindi. Ushbu uchastkalar ularning joylashuvi, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari, zarur iqtisodiy hisob-kitoblar hamda yangi imtiyozlarni o‘z ichiga olgan maxsus takliflar shaklida taqdim etiladi. Ushbu chora-tadbirlar haqida mamlakat rahbari Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.

Qabul qilingan qarorlarga ko‘ra, O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga potensial sarmoyadorlarga Yangi Toshkent imkoniyatlarini kengroq tanishtirish vazifasi yuklatildi. Hukumat vazirlari ham o‘z navbatida xorijiy hamkorlar va yirik xalqaro kompaniyalar vakillari bilan o‘tadigan har bir uchrashuvda mazkur loyihalarni faol targ‘ib qilib, ularni hamkorlikka chorlashi lozim.

Shuningdek, davlat rahbari investitsiyaviy takliflar qog‘ozda qolib ketmasligi kerakligini alohida ta'kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, investorlarga aniq yer maydonlari, tayyor iqisodiy hisob-kitoblar va qat'iy amalga oshirish muddatlari ko‘rsatilgan tayyor loyihalarni topshirish zarur.

Avvalroq mamlakat rahbariyati shaharni barpo etish ishlarini jadal sur'atlarda davom ettirish hamda xususiy investitsiyalarni jalb qilishni kuchaytirish zarurligini ta'kidlagan edi. Mulozimlarning fikricha, hozirgi kunda biznesning ushbu megatashabbusdagi ishtirok sur'ati mavjud salohiyat va imkoniyatlarga to‘liq mos kelmayapti.

Source: podrobno.uz