Janubiy Koreyada ishchi halok bo‘ldi: O‘zbekiston fuqarosi metallurgiya zavodida baxtsiz hodisa natijasida vafot etdi
Janubiy Koreyaning Soson shahridagi metallurgiya zavodida 8-mart kuni kechqurun baxtsiz hodisa sodir bo‘lib, 50 yoshli O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Yonhap axborot agentligining mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tayangan holda xabar berishicha, ishchi zavod hududida manevr qilayotgan yuk ko‘taruvchi mashina tomonidan urilgan.











