Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Eron Qurolli Kuchlari vakili AQShning harbiy harakatlarini keskin tanqid qilib, ularning davom etishi hech qanday kelishuvga erishish imkoniyatini istisno qilishini ma'lum qildi.

26-mayga o‘tar kechasi Amerika harbiylari Fors ko‘rfazida Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining (IRGC) ikkita kateriga va raketa qurilmalariga zarba berdi. Vashington bu harakatlarni 'himoya' xarakterida ekanligini bildirdi.

Eron harbiy shtabi 'Xotam al-Anbiya' rasmiy vakili Ebrohim Zolfagari ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida: 'Amerika hukumati faqat kuch tilini tushunishini bir necha bor isbotladi. 200 dollarlik neft yashasin', deb yozdi.

Zarbalar Bandar-Abbos porti va Keshm oroli yaqinida amalga oshirilgan. AQSh tomoni IRGC katerlari Hormuz bo‘g‘ozini minalashtirishda ishtirok etishi mumkinligini, zenit qurilmasi esa Amerika aviatsiyasiga qaratilganini da'vo qilmoqda.

Eron uchta Amerika esminetsi — USS Truxtun, USS Rafael Peralta va USS Masonni nishonga olgani xabar qilingan. AQSh kemalar zarar ko‘rmaganligini bildirdi.

Neft bozori keskinlikka javoban narxlarni oshirdi: Brent markali neft fyucherslari 3% ga ko‘tarildi. AQSh davlat kotibi Marko Rubio Eron bilan kelishuv bo‘yicha muzokaralar 'bir necha kun' davom etishi mumkinligini aytdi.

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Vashington va Tehron o‘rtasida sulh rejimi saqlanmoqda. Tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda va Axios ma'lumotiga ko‘ra, amaldagi kelishuvlarni yana 60 kunga uzaytirish imkoniyati muhokama qilinmoqda.

Source: kun.uz