Paragvay prezidenti Santyago Penya O'zbekistonning investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovni qabul qildi. Uchrashuv vazirning Asunson shahriga tashrifi doirasida bo'lib o'tdi.
Foto: UzA
UzA ma'lumotlariga ko'ra, 27-fevral kuni bo'lib o'tgan muzokaralarda tomonlar bozorlarga kirishni bosqichma-bosqich erkinlashtirish va ikki tomonlama savdo salohiyatini kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Uchrashuv 2025-yil dekabr oyida O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Paragvay prezidenti o'rtasida savdo, investitsiyalar, energetika va oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida hamkorlikni kengaytirish bo'yicha kelishuvlarning mantiqiy davomi sifatida qayd etildi.
Bundan tashqari, tomonlar foydali qazilmalarni qidirish va qazib olish sohasiga zamonaviy texnologiyalar va investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, bu yo'nalishda qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
Source: kun.uz