Meksikadan Kubaga yo‘l olgan ikki gumanitar yordam kemasi yo‘qoldi
Meksika harbiy-dengiz kuchlari Karib dengizida ikki yo‘qolgan yelkanli kemani qidirish va qutqarish operatsiyasini boshladi. Bu kemalar Meksikaning Kintana-Roo shtatidagi Isla-Muheres orolidan Kubaning Gavana shahriga gumanitar yordam olib borayotgan edi.











