O'zbekiston gidrometeorologiya xizmati ma'lumotlariga ko'ra, mart oyida beqaror bahor ob-havosi kutilmoqda.
Bahorning birinchi kuni ko'p hududlarda iliq va quruq ob-havo kuzatiladi, havo harorati +12…+17 daraja bo'ladi.
2 martdan boshlab, mamlakatga janubi-g'arbdan nam havo massalari kirib keladi. Respublika bo'yicha yomg'ir yog'adi, tog'li hududlarda yomg'ir va qor yog'ishi kutilmoqda.
Oyning birinchi o'n kunligi oxirigacha yog'ingarchilik davriy bo'ladi: tekisliklarda vaqti-vaqti bilan yomg'ir, tog'larda esa yomg'ir va qor yog'adi. Bu davrda havo harorati +10…+15 daraja oralig'ida bo'lishi kutilmoqda, ba'zi kunlarda +6…+9 darajagacha pasayishi mumkin.
Martning ikkinchi va uchinchi o'n kunliklarida harorat o'zgarib turadi: kechalari +3…+8 darajadan +8…+13 darajagacha, kunduzlari esa +12…+17 darajagacha. Sovuq davrlar qisqa, iliq davrlar esa uzoq bo'ladi.
Meteorologik kuzatuvlar tarixida 2008 va 2023 yil mart oylari eng issiq oylar sifatida qayd etilgan — o'sha paytda harorat iqlim normalaridan 5–8 daraja yuqori bo'lgan. Umuman olganda, mart oyida qayd etilgan eng yuqori harorat respublikaning ko'p qismida +30…+35 daraja, janubiy hududlarda esa +35…+37 daraja bo'lgan.
Source: kun.uz