Toshkentda 2025-yilda chaqaloqlar va onalar o‘limi holatlari qayd etildi
Toshkent shahar prokurori Anvar Urmonovning ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda poytaxtda 254 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq va 7 nafar ona o‘limi holatlari ro‘yxatga olingan. Prokuratura tekshiruvlari natijasida bu holatlarga aloqador 57 nafar tibbiyot xodimi intizomiy javobgarlikka tortilgan.











