Toshkent—Angren—Qamchiq yo‘nalishida yangi pullik avtomagistral qurilishi rejalashtirilmoqda
Toshkent—Angren—Qamchiq dovoni yo‘nalishida 171 km uzunlikdagi muqobil pullik avtomobil yo‘li qurilishi rejalashtirilmoqda. Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining “Avtoyo‘linvest” agentligi direktor o‘rinbosari Asliddin Isayevning “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusiga ko‘ra, loyiha 3,66 mlrd dollarga baholanmoqda. Bu mamlakatning eng yirik strategik infratuzilma loyihalaridan biri hisoblanib, umumiy uzunligi 314 kilometrni tashkil etadi.











