Jahon Banki hisobotida O‘zbekiston Markaziy Osiyoda ayollar huquqlari bo‘yicha yetakchi o‘rinni egalladi
Jahon Bankining 2026 yilgi "Ayollar, biznes va qonun" indeksi bo‘yicha O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi o‘rinni egallab, 100 balldan 82,1 ball to‘pladi. Bu hisobot 190 mamlakatni qamrab olib, ayollarning iqtisodiy imkoniyatlariga ta’sir etuvchi qonun va islohotlarni 2025 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra baholaydi. Indeks xavfsizlik, harakatchanlik, ish, ish haqi, nikoh, ota-onalik, bolalarga g‘amxo‘rlik qilish, tadbirkorlik, mulk huquqlari va pensiya kabi o‘nta ko‘rsatkich asosida shakllantirilgan, shuningdek, birinchi marta qabul qilingan qonunlarning amalda qanchalik samarali ishlashi baholangan.











