O‘zbekiston va Vyetnam kompaniyasi ROX Group o‘rtasida investitsiyalar va shahar infratuzilmasi bo‘yicha muzokaralar olib borildi
O‘zbekistonning Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Vyetnamning ko‘p tarmoqli ROX Group kompaniyasi raisi Tran An Tuan bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda zamonaviy shahar infratuzilmasi rivojlantirish va iqtisodiyotning asosiy sohalarida investitsiya portfelini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.











