Eron elchisi Toshkentda: AQSh va Isroil hujumi xiyonat, biz dunyoqarashga qarshi kurashamiz
Eronning Oʻzbekistondagi elchisi Muhammad Ali Iskandari Toshkentda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda elchi AQSh va Isroilning Eron hududiga qilgan hujumini “xiyonat” deb baholadi, chunki zarba toʻsatdan, muzokaralar davom etayotgan va AQSh vitse-prezidentining mintaqaga kelishi kutilayotgan paytda amalga oshirilgan. Iskandari shuni taʼkidladi: “Biz hech qanday davlatdan yordam soʻramadik va oxirigacha kurashamiz.”











