Oliy Majlis Senati 'Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida'gi qonun loyihasini qaytardi
O‘zbekiston Oliy Majlisining Senati palatasi “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qaytargani haqida 5-mart kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi. Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev hamda qurilish vaziri Sherzod Hidoyatov ishtirok etgan tadbirda, qonun loyihasining taqdiri haqida savol berilganda, rasmiylar to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob bermadi. Biroq, vazir Hidoyatov mikrofonga tushib qolgan suhbatda: “Senat esa [loyihani] qaytardi. Aholining 100 foiz roziligini olishning iloji yo‘q”, deb aytgani eshitildi.











